Afrikalik firibgarlar qurbonlari bo‘lgan o‘zbekistonliklar qidirilmoqda

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligining tergov departamenti Kamerun fuqarolari tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
“Agar siz suratlarda ko‘rsatilgan shaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki “102” telefoni hamda IIV tergov departamentining (+99871) 231-30-97, (+99871) 231-36-22 va (+99871) 233-65-34 telefonlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyilgan departament xabarida.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kamerunlik firibgarlar ba'zida MDH davlatlarida o‘z qing‘irliklari bilan shug‘ullanishadi. Jumladan, 2015 yilda Moskvada ishonuvchan kishilarning pullarini qora jodu amali bahonasi ostida o‘g‘irlagan ikki kamerunlik qo‘lga olingan.
Qozog‘istonda esa kamerunliklar qora qog‘ozni dollarlar o‘rniga sotmoqchi bo‘lgan.
Keyinroq Moskvada o‘zini Rossiyaning “Gazprom”, “Rosneft”, RJD kabi yirik kompaniyalari xodimlari sifatida tanishtirib, butun dunyo bo‘ylab tadbirkorlarni aldab yurgan afrikalik firibgarlar guruhi qo‘lga olingan. Ular yetkazgan umumiy ziyon 900 mln rublga yaqinni tashkil qilgan.
Mavzuga oid

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi

20:43 / 30.04.2025