Krasnoyarskdagi damba yorilishi vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qoldi

Foto: Rossiya FVV
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida oltin konidagi dambaning yorilishi vaqtida O‘zbekiston fuqarosi, 1987 yilda tug‘ilgan Dishpod Abdujaparovich Azimov bedarak yo‘qoldi.
19 oktyabrda o‘lkadagi Seyba daryosida “Sibzoloto” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Sisim” oltin qazib oluvchi artelining texnologik suv havzasidagi damba yorilgandi. 4-5 metrlik to‘lqin pastroqdagi tindirgichlarni buzib yuborgan. Loy va toshdan iborat sel oqimi ishchilar yashagan ikkita yotoqxona va xo‘jalik inshootlarini yuvib ketgan.
O‘zbekistonlik artelda LW-500 yukortgichi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, yana 4 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ushbu masalani nazoratga olgani va Rossiyaning mutasaddi idoralari bilan ish olib borayotganini ma'lum qilgan.
Krasnoyarskdagi fojia 15 kishining hayotini olib ketdi, artelning 44 xodimi jarohat olgan, ulardan 9 nafari shifoxonada qolmoqda.
Mavzuga oid

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

17:50 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi

17:23 / 01.02.2025