«Brekzit» uchinchi marta qoldirildi
Yevropa Ittifoqi Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishining (Brekzit) uchinchi marta qoldirilishini ma'qulladi. “Brekzit jarayoni” 2020 yil 31 yanvarigacha surildi va yuqori ehtimollik bilan oxirgi marta qoldirilmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Donald Tusk ma'lum qildi.

“Yevropa Ittifoqining 27 davlati uchinchi marta qoldirishni ma'qulladi, ehtimol u oxirgisi bo‘ladi. Britaniyalik do‘stlarim, bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Men, shuningdek, siz bilan xayrlashaman, chunki mening vakolatim yakunlanmoqda”, deb yozgan Tusk tvitterda.
Ta'kidlanishicha, agar ikki tomon Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilsa, “Brekzit” jarayoni avvalroq - 2019 yil 1 dekabrda yoki 2020 yil 1 yanvarda ham yuz berishi mumkin.
Yevrokengash kelishuv matni o‘zgartirilishi mumkinmasligini yana bir marotaba ta'kidlab o‘tgan.
Dastlab Britaniya Yevropa Ittifoqini joriy yilning 29 martida tark etishi kerak edi. Biroq “Brekzit” shartlari bo‘yicha kelishuv loyihasi britaniyalik deputatlar tomonidan uch marta rad etilgani sababli Yevropa Ittifoqi “Brekzit”ni dastlab aprel yoki mayga, so‘ngra 31 oktyabrga ko‘chirishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:23
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak

09:22
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

20:16 / 21.05.2025