Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya elchisi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish uchun TIVga taklif qilindi
2019 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Er Mehmet Surayyani joriy yil 23 sentabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish uchun taklif qildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini qayd etdi.
Elchi tergov obektiv olib borilishi, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz bu mavzuni ham turk matbuoti, ham o‘z muxbirini Anqaraga yuborish orqali yoritib keldi. Voqeadan bir oy o‘tib, Nodira Qodirovaning akasi bilan kechgan batafsil suhbat sayt e'lon qilib kelgan o‘ndan ortiq xabarlarni bir-biriga bog‘lagani, mish-mishlarga oydinlik kiritgani va fojia haqida umumiy tasavvur hosil qilishga imkon bergani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025