Apple yana dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylandi

Apple kompaniyasi bozor kapitallashuvi 1 trln dollardan oshgan dunyodagi ilk kompaniya bo‘lgandi. So‘ngra ushbu ko‘rsatkichga Amazon va Microsoft kompaniyalari ham erishgan va shundan keyin yetakchilar dam-badam almashib turgan.
Apple yetarlicha uzoq vaqt 2- yoki 3-o‘rinni egallab keldi va yaqinda yana dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi maqomini o‘ziga qaytardi. Oxirgi mahal kompaniyaning aksiyalari narxi to‘xtovsiz ko‘tarilmoqda va hozirda kompaniya deyarli har kuni yangi rekord o‘rnatmoqda.
Ayni vaqtda kompaniya aksiyasi 266 dollarga baholanmoqda, kapitallashuvi esa 1,18 trln dollarni tashkil qilmoqda.
2-o‘rinda kelayotgan Microsoft’ning kapitallashuvi esa 1,14 trln dollarni tashkil qilmoqda. Amazon va Alphabet kompaniyalari sezilarli ortda qolmoqda, biroq vaziyat bir necha kun ichida o‘zgarishi ham mumkin.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025