«Tottenhem» Pochettinoni iste'foga chiqardi

Foto: Getty Images
«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub o‘z rasmiy saytida ma'lum qildi.
Pochettino «Tottenhem»ni 2014/2015 yilgi mavsumdan beri boshqarib kelayotgandi. Uning boshqaruvida jamoa o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan va unda «Liverpul»ga yutqazib qo‘ygan edi (0:2). Argentinalik mutaxassis faoliyati davomida «Espanol», «Sauthempton» kabi jamoalarni ham boshqargan.
«Shporlar» ushbu mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, APLda 12-turdan so‘ng 14 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turishibdi. Jamoa 1-o‘rindagi «Liverpul»dan 20 ochkoga ortda qolib ketgan.
Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:45 / 27.12.2024