Fransiya Alpi Rossiya agentlarining maxfiy bazasi bo‘lgan – OAV

Foto: Reuters
Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari butun Yevropadagi operatsiyalarini o‘tkazish uchun baza sifatida Fransiya Alpidan foydalangan, deb xabar berdi Deutsche Welle radiosi.
Radiostansiyaning Le Monde gazetasiga tayanib bildirishicha, G‘arb maxsus xizmatlari GRUning buyurtma qotilliklar, sabotajlar va maxfiy agentlar axborot almashishda foydalanadigan "o‘lik pochta qutilari" uchun mas'ul bo‘linmasining 15 nafar xodimi Alpdagi bazadan foydalanganini aniqlagan.
Aytilishicha, ushbu xodimlardan biri GRUning sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizining zaharlanishiga aloqador bo‘lgan. G‘arb maxsus xizmatlari Skripallarga suiqasdni tekshirish davomida ushbu guruhning iziga tushgan. Surishtiruvda Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya va AQSh kontrrazvedka xizmatlari qatnashgan.
Ularning ma'lumot berishicha, Rossiya agentlari 2014-2018 yillar oralig‘ida Fransiyaning janubi-sharqidagi shaharchalarda ko‘p marta bo‘lishgan. Ular Moldova, Chernogoriya va boshqa davlatlarda faoliyat olib borishgan.
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025