Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta'kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025