Vidal «Barselona»ni sudga berdi

Foto: AFP/Getty Images
«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal o‘z klubi rahbariyati bilan sudlashadi.
Futbolchi Kataloniya klubini shartnomada ko‘rsatilgan 2,4 mln yevro miqdoridagi mukofot pullarini to‘lamaganlikda ayblamoqda.
Gap shundaki, agar chililik futbolchi mavsumning 60 foiz o‘yinida kamida 45 daqiqa harakat qilsa, 2 mln yevro mukofot olishi mehnat bitimida belgilab qo‘yilgan. Ammo Vidal bu shartni faqat o‘yinlarning yarmisida bajargan. Shu tufayli klub unga mukofot berishni istamayapti. Ammo futbolchining advokatlari mukofotning 50 foizini talab qilishmoqda.
Da'vo qiymatining qolgan qismi Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatidagi g‘alabalar bilan bog‘liq.
Avvalroq, 32 yoshli Vidal xizmatiga «Inter» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025