Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urugvayda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘payayotgani sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Foto: RIA Novosti / Mariya Plotnikova
Urugvay prezidenti Tabare Vaskes mamlakatda ayollar o‘ldirilishi holatlari ko‘payayotgani sababli favqulodda vaziyat e'lon qildi.
“Yaqinda ayollarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonliklar ortida yuz bergan g‘alayonlar sababli prezident milliy darajada favqulodda vaziyat e'lon qilishga qaror qildi”, deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, maktablar va turmalarda ayollarni himoya qilishni targ‘ib qilish bo‘yicha kampaniyalar va virtual kurslar o‘tkaziladi.
Urugvay ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har kuni jinsiy zo‘ravonlik yuzasidan 108 ta shikoyat qayd qilinadi. Ayollar tashkilotlari vakillarining ta'kidlashicha, 2019 yilda Urugvayda erkaklar qo‘lidan 35 ayol halok bo‘lgan. Jumladan, shunday jinoyatlardan oxirgilaridan biri Rojdestvo ta'tillari vaqtida sodir etilgan: 3 nafar yosh ayol qotillik qurboniga aylangan.
Mavzuga oid

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi

08:50 / 21.05.2025