Lufthansa Kanada bosh vazirining bayonotidan keyin Tehronga uchgan samolyotini ortga qaytardi

Foto: Flickr / BriYYZ
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Frankfurt-Mayndan Tehronga uchgan samolyotini bir soatlik parvozdan keyin ortga qaytardi.
Samolyot Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bir nechta manbalarning razvedka ma'lumotlariga tayanib Ukrainaning Tehronda halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilganini ma'lum qilgandan keyin qaytarilgan.
Lufthansa vakilining “Frans Press” axborot agentligiga ma'lum qilishicha, 9 yanvar kechki payt uchgan Airbus A330 samolyoti “ehtiyotkorlik maqsadida ortga qaytarilgan”. Uning ta'kidlashicha, kompaniya “Tehron aeroporti atrofidagi havo hududidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni” baholamoqda.
Aviakompaniyaning 10 yanvarga Tehronga belgilangan reyslari ham bekor qilingan.
“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Tehrondan Kiyevga reys bajargan Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti 8 yanvar ertalab Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. Samolyotda bo‘lgan barcha 176 kishi, jumladan 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi halok bo‘lgan. Ular orasida Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi

00:26 / 06.03.2025
Tramp Kanada tovarlariga bojlar joriy etilganidan keyin Tryudo bilan qo‘ng‘iroqlashdi

23:56 / 04.03.2025
Kanada Tramp boshlagan savdo urushiga javoban Amerika tovarlariga boj joriy etadi

21:33 / 02.02.2025