Kreml Putin va Bushning raqsga tushishi videosini e'lon qildi

Rossiya prezidenti matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik sobiq hamkasbi Kichik Jorj Bush bilan “Sudarinya-barinya” qo‘shig‘iga raqsga tushayotganlari tasvirlangan arxiv videoni e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu video ikki yetakchining 2008 yil apreldagi uchrashuvida suratga olingan. Bu AQShning 43-prezidentining Rossiyaga oxirgi tashrifi bo‘lgan. O‘sha yilning noyabrida Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylangandi.
Videoda Putin sahnada xorovod bilan, Bush esa pastda raqqosalardan biri bilan raqsga tushayotgani tasvirlangan.
Ushbu rolik Putinning Rossiya prezidenti va bosh vazir lavozimlaridagi faoliyatining 20 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida e'lon qilindi.
Mavzuga oid

11:05
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

20:34 / 04.06.2025