Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kansleri O‘rta yer dengizida migrantlarni qutqarish operatsiyasiga qarshi chiqdi
Yevropa kemalari 2013 yilda migrantlar Sitsiliya bo‘g‘ozini kesib o‘tish chog‘ida ommaviy halok bo‘lganidan so‘ng Rimning qarori bilan O‘rta yer dengizini ilk bor qo‘riqlashni boshlagandi.

Sebastyan Kurs
Avstriya O‘rta yer dengizida migrantlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyani qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqadi, dedi Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Berlinda GFR kansleri Angela Merkel bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya va Germaniya migratsiya muammosi borasidagi masalalarda turlicha qarashlarga ega. Xususan, Avstriya "Sofiya" missiyasini rad etadi, dedi Kurs.
"Migrantlar bizga, Germaniya va Shvetsiyaga kelishmoqda. O‘tgan yillar davomida biz O‘rta yer dengizida migrantlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalar kerakli natija keltirmaganiga guvoh bo‘ldik. Operatsiyalar O‘rta yer dengizidagi o‘limlarni kamaytirmadi, aksincha, bizga kelish yanada jozibali bo‘lishiga, kontrabandachilar yanada ko‘proq pul topishiga, ko‘proq odamlar o‘lishiga olib keldi", - dedi Kurs.
"Sofiya" missiyasi 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, "Triton" missiyasi o‘rnini egallagan. Yevropa kemalari 2013 yilda migrantlar Sitsiliya bo‘g‘ozini kesib o‘tish chog‘ida ommaviy halok bo‘lganidan so‘ng Rimning qarori bilan O‘rta yer dengizini ilk bor qo‘riqlashni boshlagandi.
"Sofiya" missiyasining vazifasi noqonuniy odam tashuvchilarga qarshi kurash va Liviya sohil qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlash edi. O‘tgan yil bahorida YeI a'zolari qutqarilgan migrantlarni taqsimlash borasida kelisha olmaganidan so‘ng missiya to‘xtatildi.
Mavzuga oid

17:41
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

07:48 / 08.07.2025
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi

10:10 / 05.07.2025