Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botir Parpiyev vazir o‘rinbosariga aylandi
Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Mahalla va oila masalalari vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Botir Parpiyev / Toshkent viloyati matbuot xizmati
Bugun, 19 fevral kuni, Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosarlari tayinlandi.
Kun.uz manbasi tasdiqlashicha, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengash raisining keksalar va faxriy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Parpiyev yangi vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Ma'lumot uchun, u 1990-yillarda ichki ishlar tizimida ishlagan, 1998-2002 yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan.
2004 yildan Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Botir Parpiyev 2018 yilning mayida lavozimidan ozod etilgan, keyinroq «Mahalla» kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlay boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, «Mahalla» kengashi raisi Rahmat Mamatov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullangan, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov esa o‘z lavozimini saqlab qolgan holda vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025