Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PepsiCo Xitoyning onlayn-riteylerini 705 mln dollarga sotib olishga kelishdi
AQShning PepsiCo kompaniyasi Xitoyning sneklar sotuvchi onlayn-riteylerini sotib olishga kelishib oldi. Riteylerni xarid qilish qiymati 705 mln dollarni tashkil qiladi.

Foto: Shutterstock
Bu haqda PepsiCo matbuot xizmati ma'lum qildi.
AQSh kompaniyasi Haoxiangni Health Food Co. kompaniyasidan Haomusi Food Co., Ltd. (Be & Cheery) riteylerini sotib oladi. Ushbu kelishuv Haoxiangni kompaniyasi aksiyadorlari va mutasaddi idoralar tomonidan ma'qullanishi kerak.
PepsiCo’da ta'kidlanishicha, kompaniya Xitoy bozorida qariyb 40 yildan beri ishlab keladi va ushbu bitim evaziga oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish sohasida yetakchi o‘rinlarni egallashni mo‘ljallamoqda.
Be & Cheery kompaniyasi yong‘oqlar, quritilgan mevalar, go‘shtli sneklar, non va qandolat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanadi.
PepsiCo ayni vaqtda Pepsi, 7up, Mirinda, Lay's, Cheetos, Doritos va yana bir qator boshqa brendlarga egalik qiladi.
Mavzuga oid

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025