Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashina haydash vaqtida infarkt alomatlari paydo bo‘lsa o‘zini qanday tutish kerak
Moskvadagi 13-shahar klinik shifoxonasining shoshilinch kardiologiya bo‘limi boshlig‘i Alfred Bogdanov haydovchilarga infarkt holatiga avtomobildagi aptechkada nitroglitserin saqlashni tavsiya qildi.

Foto: Discovery
«Infarkt holatida haydovchi yo‘l chetida to‘xtab, xavfsiz holatni egallashi lozim, chunki gemodinamika [qonning tomirlar orqali oqishi] buzilishi jadal kechishi mumkin va haydovchi harakatlanish vaqtida hushini yo‘qotishi mumkin. Agar haydovchi yurak ishemik kasalligidan aziyat cheksa va uning yonida nitroglitserin yoki «Nitrosprey» bo‘lsa, ulardan foydalanish lozim», deb tavsiya qilgan shifokor.
«Agar bunday vaziyatda qo‘l ostida biror dori vositasi bo‘lmasa, unda tez yordam chaqirtirish va siptomatik yordam ko‘rsatish lozim. Agar odam hushini yo‘qotgan bo‘lsa, unda qayt boshlanib, nafas yo‘li berkilib qolmasligi uchun uni yonboshiga yotqizib, tez yordam kelishini poylash lozim», deb tavsiya qilgan kardiolog.
Mavzuga oid

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

14:16 / 25.06.2025
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025