Bojxonachilar 1905 yilda ishlab chiqarilgan qadimiy samovarni to‘xtatib qolishdi
Madaniy boyliklarni mamlakatimiz bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining S.Najimov chegara bojxona postiga “Toyota Camry” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro Yu.Sh.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ushbu fuqaroning qo‘l yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, 1 dona 1905 yilda Tula shahrida ishlab chiqarilgan “M.Slogozberg'” nomli samovarni qo‘shni davlatga olib chiqayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:07 / 11.06.2025
Aeroportda 970 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025