Sirdaryoda fuqaroga temir qaychi bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs ushlandi
Sirdaryoda og‘ir tan jarohat yetkazish holati qayd etildi, jinoyat quroli - temir qaychi
2020 yilning 22 fevral kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoshli B.K. Yangiyer shahri Alisher Navoiy ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida 42 yoshli A.T.ning qorin qismiga temir qaychi bilan urib tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada A.T. shifoxonaga yotqizilgan. Sudga oid ekspertizaning 28.02.2020 yilgi xulosasiga ko‘ra, A.T. “og‘ir” tan jarohatlari olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.K. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025