Erdo‘g‘an Turkiya Idlibda bir tomonlama operatsiya o‘tkazishi mumkinligini aytdi
5 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskvaga keldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokara yakunida Idlibda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olindi.

Foto: Anadolu
Agarda Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan bo‘lsa, Anqara Suriyaning Idlibida bir tomonlama harakatlarni amalga oshirishga tayyor turadi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
"Agarda Moskva Suriya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan bo‘lsa, Turkiya o‘z resurslari bilan "Bahor qalqoni" operatsiyasini amalga oshirish huquqini saqlab qoladi", - deya Erdo‘g‘andan iqtibos keltirmoqda "Anado‘lu" agentligi.
Erdo‘g‘an Turkiya faqatgina mamlakat hududidagi 3,6 mln suriyalik qochqinni hamda Idlib chegarasida to‘plangan yana 1,5 mln kishini o‘z uylariga qaytarmoqchi ekanligini aytdi.
U Turkiya qo‘shni Suriyaning hududiy yaxlitligiga hech qachon tajovuz qilmaganligini qo‘shib qo‘ydi.
28 fevral kuni Idlibda havo zarbalari oqibatida Turkiyaning kamida 34 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi va 36 harbiy jarohatlandi.
1 mart kuni Anqara Idlibda "Bahor qalqoni" operatsiyasi o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.
5 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskvaga keldi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokara yakunida Idlibda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

17:01
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi

20:30 / 17.05.2025