Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijonda karantin qoidasini buzganlarning velosipedlari olib qo‘yilmoqda
Andijon shahrida maqsadsiz mototransport hamda velosipedlarda belgilangan cheklovlarni buzib harakatlanayotgan fuqarolarni aniqlash maqsadida viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda 10ta ishchi guruhi tashkil etilgan.

Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmati
Andijon viloyati IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berishicha, 6 aprel kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 407ta holat aniqlanib, bemaqsad boshqarib yurilgan velosiped va skuter vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi. Komissiya qaroriga ko‘ra, 6 apreldan e'tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan edi.
Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanishi belgilangan edi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
Mavzuga oid

10:11 / 05.07.2025
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

12:48 / 15.06.2025
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda

11:03 / 11.06.2025