Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 iyungacha aviachiptalar sotish to‘xtatilgan – Uzbekistan Airways
O‘zbekiston 30 iyungacha xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirmaydi. Kun.uz manbasi xabar berishicha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida qabul qilingan qaror muddati uzaytirilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot kotibi Habibullo Nabiyevning Kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, Covid-19 kasalligi tarqalishining oldini olish doirasida xorijga aviaqatnovlar 2020 yilning 30 iyuniga qadar tiklanmasligi mumkin.
Parvozlar qachon tiklanishi aniq emasligi bois 30 iyunga qadar aviachiptalar sotish to‘xtatiladi. Qatnovlarni tiklash masalasi dunyodagi vaziyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston mart oyining ikkinchi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatgan edi. 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.
Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralari uzaytirilishi respublika maxsus komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Mavzuga oid

11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

21:59 / 28.07.2025
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi

19:28 / 28.07.2025
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi

16:21 / 19.07.2025