Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 846 ming dollarlik mis kabellari o‘g‘irlab ketildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Illyustrativ foto
Navoiy viloyati Karmana tuman IIBga tumandagi “Uyrot” MFYda joylashgan qurilish korxonalarining biri tomonidan murojaat xati yo‘llangan, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Unga asosan, noma'lum shaxslar korxonaning omborxonasiga devor orqali oshib o‘tib, g‘ayriqonuniy ravishda omborxonadan umumiy qiymati 846 880 AQSh dollari bo‘lgan 632 metrni tashkil etuvchi mis kabellarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilingan.
IIB xodimlarining tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1992 y.t., “G‘ujbog‘tepa” MFYda istiqomat qiluvchi X.A., 1990 y.t., “Do‘rmon” MFYda yashovchi M.I. hamda 1986 y.t., “Uyrot” MFYda istiqomat qiluvchi V.T. uyushgan jinoyatchilik asosida sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan X.A., M.I. hamda V.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

13:56 / 09.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

23:34 / 22.05.2025