Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari Markaziy harbiy okrugga ishga o‘tkazildi
Nuriddin Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019 yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi.
N. Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi lavozimlardan o‘tgan. Shuningdek, Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham xizmat qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi
Jahon | 12:32
-
Daniya va Fransiya rahbarlari Grenlandiya suverenitetini yana bir bor tasdiqladi
Jahon | 12:22
-
Tramp: Eron va Isroil o‘rtasidagi kelishuv uchun vaqt keldi
Jahon | 12:06
-
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi
Sport | 12:00
Mavzuga oid

19:26 / 04.03.2025
FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

12:14 / 26.01.2021
Jizzaxdagi harbiy qismda 200 nafar yoshlar uchun “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” boshlandi

17:33 / 10.06.2020
O‘zbekiston armiyasida real jang sharoitiga moslashtirilgan maxsus mashqlar amaliyotga tatbiq etiladi

23:40 / 23.04.2020