O‘zbekiston | 18:52 / 07.06.2020
20666
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq tekshiruvi va tadbirkorlarning «qora daftari». Mubin Mirzayev tizimdagi o‘zgarishlar haqida gapirdi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlarida soliq xatarlarini baholash va soliq to‘lovchilarning insofliligini segmentlashni yo‘lga qo‘ygan. Unga muvofiq, «yashil», «sariq» va «qizil» toifaga mansub soliq to‘lovchilar mavjud.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, «sariq» toifaga tushgan soliq to‘lovchilar kameral nazoratga olinadi, «qizil» guruhga mansub sub'yektlar soliq auditidan o‘tishi kerak.

«Soliq organlari talab etgan ma'lumotlarni taqdim etmagan sub'yektlarga nisbatan sayyor tekshiruv o‘tkaziladi. Bunda soliq organi xodimlari jarima qo‘llamaydi, balki kerakli ma'lumotlarni to‘plab, idoraga qaytadi», – deydi u.

Mirzayevning aytishicha, hozirda ham savdo nuqtalarida ikki xil buxgalteriya yuritilmoqda: ularning biri soliq organlari uchun, boshqasi «qora daftari» hisoblanadi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

«Ammo avvalgiday, borib, «qora daftar»ni qidirib, tekshiruvlarni o‘tkazish niyatimiz yo‘q. 1 yanvardan boshlab, elektron hisob-fakturalarga o‘tganmiz. 1 iyundan boshlab, barcha korxonalar bu tizimni to‘liq joriy etishi lozim. Bundan tashqari onlayn nazorat-kassa mashinalarini joylarga o‘rnatmoqdamiz. Endi mana shu talablarni buzgani uchun sanksiyalar qat'iylashtirilgan. Bu holat birinchi marta kuzatilsa, 5 million so‘mgacha, keyin 10 million so‘mgacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin», – deya qo‘shimcha qildi rais o‘rinbosari. 

Soliq to‘lovchilarni segmentlashdan maqsad – insofli soliq to‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklash, shuningdek xatarlarni tahlil qilish natijalaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik sub'yektlarini tekshiruvdan o‘tkazish. Bunday tizim soliq organlari sa'y-harakatlarini soliq to‘lamaslik xatari yuqori bo‘lgan korxonalarga qaratishga imkon beradi.

Ushbu suhbatni Youtube orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

Alisher Ro‘zioxunov

Mavzuga oid