O‘zbekistonda abituriyentlar uchun bepul «onlayn-repetitor» ishga tushirildi
O‘zbekistonda «Online-maktab» telekanalida bugundan boshlab «Onlayn-repetitor» rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.

Qayd etilishicha, endi mamlakatning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.
“Umrida birinchi bor oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, hayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori. Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi ta'til vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q”, - deb yozadi Sh. Shermatov.
Vazirning ta'kidlashicha, 15 va 16 iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar rasmiy telegram kanalda e'lon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini https://t.me/uzedu kanalida kuzatib borish mumkinligi aytiladi.
Mavzuga oid

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

17:26 / 08.11.2023
Bolaga stress va tabaqalanish xavfi. Nega repetitorga borish shart bo‘lib qoldi?

15:07 / 03.11.2023