O‘zbekiston | 11:07 / 20.06.2020
5344
6 daqiqa o‘qiladi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni saqlash hamda tashish takomillashtiriladi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan buyumlar hisobini yuritish, saqlash va tashish takomillashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan parcha (siniq) va chiqindilarning hisobini yuritish, saqlash va tashishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish va saqlash hamda ularni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularning muomalada bo‘lishida hisobot yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;

tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, tashish, qabul qilish - topshirish shartlari, shuningdek qayta ishlash uchun topshirilgan qimmatbaho metallarga hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan tayyorlangan buyumlarni qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish va saqlash hamda ularni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularning muomalada bo‘lishida hisobot yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan yuridik shaxslarga (korxonalar) nisbatan qo‘llaniladi:

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, ilmiy, tibbiyot, harbiy, o‘quv va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda qazib oluvchi, qayta ishlovchi, ishlov beruvchi, qo‘llovchi, foydalanuvchi, sotib oluvchi, garovga qabul qiluvchi, baholash, saqlash, ko‘rsatilgan qimmatliklarni, turli predmetlar va ularni tashkil etuvchilarni ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning parcha (siniq)lari va chiqindilarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga idoraviy mansub harbiy qismlar, tuzilmalar, bo‘linmalar, korxonalar va muassasalar keyinchalik qayta ishlash – affinaj korxonalariga jo‘natish uchun tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan qism va bo‘laklarni ajratib olish maqsadida harbiy texnika vositalarini utilizatsiya (qismlarga ajratish) qiluvchi boshqa vazirliklar va idoralarga.

Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mazkur Nizom tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, ularga qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlarni qabul qilib olish, sarflash, foydalanish, hisobga olish va saqlash, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularning muomalada bo‘lishida hisobot yuritish bo‘yicha shaxsiy tartibini ishlab chiqarish (mustaqil ravishda yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda) uchun xizmat qiladi.

Nizom tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud bo‘lgan quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

hisoblash, tibbiy, savdo va boshqa tashkiliy texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi (yig‘uvchi, ta'mirlovchi) korxonalardagi tayyor mahsulotlar;

dori-darmon vositalari, tibbiyot preparatlari;

tabiiy olmos kukunlari va pastalari, ulardan tayyorlangan asboblar va buyumlar, har qanday ko‘rinish va holatdagi sun'iy va yetishtirilgan qimmatbaho toshlarning o‘xshashlari (muvofiqlari).

Ishlab chiqarish va texnik maqsadlar uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlar (mahsulot sifatida), moddiy qimmatliklarni hisobini yuritishning umumiy talablariga muvofiq hisobga olinadi.

Korxonalar Nizom asosida o‘zining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bajaradigan amaliyotlarining xususiyati va o‘ziga xosligini inobatga olgan holda shaxsiy (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlarni qabul qilib olish, sarflash, foydalanish, hisobga olish va saqlash, shuningdek, ularni ishlab chiqarishda, foydalanishda va muomalada bo‘lishida hisobot yuritish tartibini belgilovchi tarmoqchi va zavodning ichki va h.k.larning) yo‘riqnomalarini (“lokal yo‘riqnomalar”) ishlab chiqadi va rahbar tomonidan tasdiqlaydi.

Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar mavjud bo‘lgan mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash, qimmatbaho metallni ishlab chiqaruvchi va qimmatbaho toshlardan foydalanuvchi korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan lokal yo‘riqnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi bilan kelishadilar.

Mazkur korxonalar, Davlat proba (asillik darajasi) nazorati doirasidagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining vakolatli vakillarini qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlarni ishlab-chiqarish, qayta ishlash, foydalanish, ularning muomalada bo‘lishi, saqlanishi va ularning hisobini yuritish bo‘yicha nazorat chora-tadbirlarini amalga oshirishda o‘zlari foydalanadigan bino, inshoot, xona va boshqa obektlar hududida doimiy bo‘lishlari uchun sharoitlarni ta'minlashlari shart.

Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xomashyoni qayta ishlovchi Davlat nazorati o‘rnatilgan korxonalar, Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga qimmatbaho metallarni ishlab-chiqarish va foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallarni ishlab-chiqarishning har oylik metallurgik balansi to‘g‘risidagi ma'lumotni hamda tugallanmagan ishlab-chiqarish to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.

Mavzuga oid