«Oriyent Finans» bank jadal sur'atlarda rivojlanishni ta'minlash maqsadida yetuk mutaxassislarni jalb qildi

Respublika Hukumati tomonidan moliyaviy sohada olib borilayotgan chuqur va tarkibiy islohotlar, xususan, sohadagi o‘zgarishlarning yuqori sur'atlarda amalga oshirilishi O‘zbekiston banklarining o‘z biznes strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Covid-19 bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyat bir qator noaniqlik va global xatarlarni yuzaga keltirib, moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilarining tashkiliy jihatdan moslashuvchanligi, samarali qarorlarni tezkor qabul qilish va yangi mahsulotlarni joriy etishga tayyorgarligini sinovdan o‘tkazmoqda.
19 iyun kuni «Oriyent Finans» bankda Kuzatuv Kengashining yangi tarkibi ish boshladi, uning asosiy vazifalari hozirgi kunda bankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirishdan iborat.
Bu, birinchi navbatda bank xizmatlarini raqamlashtirish, bank mahsulotlarini keng omma uchun sodda va qulay qilishdan iboratdir. Mijozlar uchun chakana xizmatlarni rivojlantirish bilan bir qatorda, bank korporativ mijozlar – kichik va o‘rta biznesga yo‘naltirilgan xizmat turlarini ham kengaytiradi.
Bugungi kunda eko tizim yoki market-pleys haqida so‘z yuritganda, bankning rivojlanishi birinchi navbatda – o‘zaro hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. «Oriyent Finans» bank – VISA, MasterCard va UnionPay xalqaro kartalarini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
Kuzatuv Kengashining yangi tarkibi yangi mahsulotlar va raqamli xizmatlarni UzCard va HUMO kabi uzoq muddatli mahalliy hamkorlar bilan bir qatorda, moliyaviy va nomoliyaviy sektorlardagi yangi ishtirokchilar hamda startaplar bilan rivojlantirish orqali bankning yetakchilik rolini yanada kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishni maqsad qilib belgilagan.
Shuningdek, Kengashning muhim vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, barqaror rivojlanish siyosatini (ESG) bosqichma-bosqich shakllantirish hamda bankda zamonaviy risk-menejmentni tashkil qilish hisoblanadi.
Demak, Kuzatuv Kengashi tarkibiga kirgan yangi a'zolar:
- Grishenko Oksana Yakovlevna – chakana xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis. 20 yil mobaynida Rossiya banklari va moliya kompaniyalarida chakana biznesni rivojlantirish bo‘yicha yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
- Jalilov Jasurbek Qahramonovich – xorijiy investorlar, jamg‘armalar hamda moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis. Germaniyadagi Frankfurt moliya va boshqaruv biznes-maktabining bitiruvchisi hisoblanadi. Yevropa hamda Rossiya banklarida ish tajribasiga ega.
- Falileyev Nikolay Yurevich – informatsion texnologiyalarni rivojlantirish, raqamlashtirish va mobil banking yo‘nalishlari bo‘yicha o‘n yildan ziyod ish tajribasiga ega mutaxassis hisoblanadi.
«Oriyent Finans» bank mijozlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yo‘lidagi ishlarni yuqori sur'atlarda rivojlantirishni davom ettiradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:00 / 04.06.2022
Oriyent Finans Banki va Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

12:00 / 10.06.2021
MasterCard va «Oriyent Financ» bank hamkorligidagi millionlar aksiyasi davom etmoqda!

12:00 / 12.04.2021
Standart & Poors «Oriyent Finans» bank reytingini «Barqaror» «V+» darajasigacha oshirdi

12:00 / 02.03.2021