Islandiya prezidenti ikkinchi muddatga qayta saylandi

Foto: tass.ru
Islandiyaning amaldagi prezidenti Gudni Yoxannesson mamlakatda 27 iyunda o‘tgan navbatdagi prezident saylovlarida g‘alaba qozondi. U saylovchilarning 92,2 foiz ovozini to‘plagan.
Iceland Monitor nashrining xabar berishicha, Yoxannessonning raqibi Gyurmundur Franklin Yonssonga 7,8 foiz saylovchilar ovoz bergan.
1968 yil Reyk'yavikda tug‘ilgan Yoxannesson 2016 yilda mamlakat mustaqillikka erishgan 1944 yildan beri uning eng yosh prezidentiga aylangandi.
Yoxannesson saylovlar natijalaridan mamnuniyat bildirgan. Uning ta'kidlashicha, saylovchilar unga oxirgi 4 yil prezidentligi vaqtida amalga oshirgan rolni bajarish uchun yana vakolat taqdim qilishdi.
Uning raqibi, Islandiya O‘ng-yashil partiyasi asoschisi Gudmundur Franklin Yonsson mag‘lubiyatini tan olib, Yoxannessonni g‘alaba bilan tabriklagan. “Men Gudnini va uning oilasini tabrklayman”, deb aytgan Yonsson.
Islandiyada prezident asosan vakillik vazifalarini bajarishiga qaramay, u mamlakatdagi jarayonlarga ta'sir qilish uchun ba'zi dastaklarga ega hisoblanadi. Jumladan, u mahalliy parlament – Alting tomonidan qabul qilingan qonunlarga taqiqlov qo‘ya oladi, referendumlar tashkil etishi mumkin. Shuningdek, Islandiya prezidentida moliyaviy vakolatlar ham mavjud bo‘lib, budjet uning ma'qullovidan o‘tishi shart.
Mavzuga oid

21:25 / 03.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

00:13 / 02.04.2025
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda

12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar

22:49 / 11.02.2025