Ulkan ko‘rshapalak surati internet foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi

Qanotlari qulochi 1,7 metrga yetadigan ulkan ko‘rshapalak surati Twitter’da tezda ommalashdi va foydalanuvchilar orasida vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Daily Mirror nashrining yozishicha, ko‘rshapalak surati e'lon qilingan post 270 mingdan ko‘proq layk va 110 ming retvit to‘plagan. Foydalanuvchilar xabarga qoldirgan izohlarga qaraganda ular 1,5 metrlik qanotga ega ko‘rshapalaklar mavjudligidan vahimaga tushishgan.
“Faraz qiling, u uyg‘onib siz tomonga uchib kelayapti. Men bunday vaziyatda mamlakatdan ko‘chib ketgan bo‘lardim”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Men bilaman, ular vegetarianlar va shu kabi, biroq baribir qo‘rquvga tushdim”, deb izoh qoldirgan boshqa foydalanuvchi.
Ta'kidlanishicha, suratda Filippin arxipelagida uchrovchi ko‘rshapalak turi - yolli atserodon tasvirlangan. Ularning qanotlari haqiqatan ham katta bo‘ladi, biroq tanasi nisbatan kichiqrok o‘lchamlarda bo‘lib, uzunligi 29 smgacha va og‘irligi 1,2 kggachani tashkil qiladi.
Mavzuga oid

18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

22:37 / 08.04.2025