O‘zbekiston | 16:57 / 20.07.2020
5282
2 daqiqa o‘qiladi

Homilador ayollarni tug‘ruqxonaga qabul qilishda COVID-19 test natijasi so‘ralmasligi kerak - Oqilov

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayollar 3-sonli tug‘ruqxonada qabul qilinmoqda. Viloyatlarda ham belgilangan hududlarda bunday tug‘ruqxonalar borligi aytildi.

Foto: KUN.UZ

Pandemiya sharoitida homilador ayollarni tug‘ruqxonaga qabul qilishdan oldin ulardan koronavirusga topshirilgan test natijasi haqidagi ma'lumotnoma so‘rash holatlari uchramoqda.

«Fuqarolardan ayrim hududlarda homilador ayollarni tug‘ruqxonaga qabul qilishdan oldin test tahlili bo‘yicha ma'lumotnoma so‘ralayotgani, agar bo‘lmasa, bemor qabul qilinmayotgani xususida murojaatlar kelmoqda.

Tug‘ruqxonalar bunday ma'lumotnomani so‘rashlari kerakmas. Statsionarga qabul qilishdan oldin tana harorati o‘lchanadi. Koronavirus simptomlari aniqlansa, ushbu bemorlar izolyatsiyaga olinadi. Kasallikka chalingan homilador ayollar ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga joylashtirilishi kerak.

Toshkent shahrida 3-sonli tug‘ruqxona ushbu infeksiyaga chalingan homilador ayollarni qabul qila oladi. Viloyatlarda ham belgilangan hududlarda bor», – dedi Oqilov 20 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Elmira Bositxonova 5 oy davomida O‘zbekistonda 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlanganini aytgan edi.

Mavzuga oid