Bekobodlik yosh tadbirkorga oid masala Bosh prokuratura va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘rganilmoqda

Fuqaro G‘aybulla Xudayberdiyevning onlayn auksionda savdo do‘koni qurish uchun sotib olgan yeri Bekobod tuman prokurorining sudga kiritgan arizasiga asosan qaytarib olingani, endilikda ushbu yer maydoni ustida amalga oshirilgan qurilish ishlari tadbirkorni o‘zini hisobidan buzilishi talab etilayotganligi haqida maqola e'lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov maqolada ko‘rsatilgan holatlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotganini ma'lum qildi.
«Kun.uz saytida «Bekobodda yosh tadbirkor sindirilmoqda. Yetimlikda o‘sgan yigitning onlayn auksionda sotib olgan mulki prokurorning «tashabbusi» bilan buzilmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingan.
Maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari boshlangani ma'lum qilinadi. Natijasi haqida xabar qilinadi», deyiladi bayonotda.
Shuningdek, ushbu masalaga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ham munosabat bildirdi.
«Ayni damda jamoamiz bilan ushbu vaziyat yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqdamiz. O‘z o‘rnida yosh tadbirkor manfaatlarini himoya qilish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda adolatli yechim topamiz deb umid qilaman. Tez orada vaziyat yuzasidan batafsil ma'lumot taqdim etamiz», deya post qoldirdi agentlik direktori telegramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bekobodlik yosh tadbirkor 2018 yil 12 dekabr kuni Bekobod tuman hokimligi tomonidan savdoga chiqarilgan yerni onlayn auksionda sotib oladi. Sotib olingan ushbu yer hokim qarori bilan tadbirkorga savdo do‘koni qurish uchun ajratib beriladi. Oradan roppa-rosa bir yil o‘tib, tuman prokurori auksion bayonnomasi va hokim qarorlarini bekor qilish yuzasidan sudga ariza kiritadi. Prokurorning arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirilib, hokimning qarorlari bekor qilingan. Buning ortidan fuqaro 200 mln so‘mdan oshiq zarar ko‘rmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

09:13 / 14.02.2025
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi

18:36 / 13.08.2024