Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonadan sog‘ayib chiqdi

Saudiya Arabistoni podshohi, 84 yoshli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud o‘t pufagida jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgach, Ar-Riyoddagi shifoxonadan sog‘ayib chiqdi. Bu haqda podshohlik tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Podshoh 20 iyulda o‘t pufagi yallig‘lanishi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.
“Saudiya Arabistoni podshohi o‘t pufagini olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli laparoskopik operatsiyadan keyin sog‘aygach shifoxonani tark etmoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.
Avvalroq podshohning betobligi sababli Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Ar-Riyodga safarini bekor qilishiga to‘g‘ri kelgandi. Saudiya Arabistoniga safar al-Kozimiyning Iroq bosh vaziri sifatida ilk xorijiy safari bo‘lish kerak edi. Ar-Riyoddagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgandi.
Mavzuga oid

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025