Yurisprudensiya, qo‘shma fakultetlar va matematika faniga e'tibor – NamDU bo‘lajak abituriyentlar uchun barcha sharoitlarni tayyorladi
Namangan davlat universiteti 2020-2021 o‘quv yillari uchun kerakli mutaxassis kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor qaratib, yurisprudensiya, biotexnologiya, mevachilik va uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilik, kartoshkachilik hamda issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, sirtqi ta'limda filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili, matematika, geografiya kabi yangi yo‘nalishlarni ochdi.
Yurisprudensiya fakultetiga 50 ta qabul qilish kvotalari mavjud. Bu yo‘nalishga o‘qish istagini bildirgan 4429 nafar talaba onlayn tartibda o‘z hujjatlarini topshirgan. Bu albatta sog‘lom raqobat muhitini yaratishi shubhasiz.
Shuningdek, Prezidentning 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti Namangan davlat universitetida o‘z hududiy bo‘linmasini tashkil etdi. Bu vodiy viloyatlaridagi 13 ta Oliy o‘quv yurtlari va filiallar matematika kafedralarining 220 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qamrab oldi.
Matematika yo‘nalishida magistraturaga 30 nafar bakalavr yo‘nalishini tamomlagan iqtidorli yoshlar to‘liq davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan. Avvalgi yildagi qabullarda bunday imkoniyat mavjud bo‘lmagan. Davlat granti kvotalari oz miqdorni tashkil etgan. Bunda, albatta, hukumat tomonidan iste'dodli yoshlarga chuqur bilim berish, matematika fanini rivojlantirish, universitet obro‘ va nufuzini yanada oshirish kabi maqsadlar mujassam.
Shuni alohida e'tirof etish kerakki, universitet xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturi asosida ochilgan fakultetlariga ega. A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Ural davlat tibbiyot universiteti, Qozon davlat universiteti hamda Moskva davlat oziq-ovqat texnologiyalari universiteti shular jumlasidan. Bu ta'limdagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bilan bir qatorda yoshlarni oliy ta'limga keng qamrab olish imkoniyatini yaratadi. 2019-2020 o‘quv yilida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha psixologiya, defektologiya, informatika va informatsion texnologiya fakultetlari faoliyat boshladi.
Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturi asosida ochilgan fakultetda esa davolash, pediatriya, stamotologiya, farmatsevtika yo‘nalishlari tashkil etilib, 104 talabalar tahsil olib kelmoqdalar. 2020-2021 o‘quv yilida ham ushbu fakultetlarga abituriyentlar onlayn tartibda o‘z hujjatlarini topshirdilar.
22 avgust kuni Namangan davlat universitetida Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturi asosida tashkil etilgan fakultetning test imtihonlari onlayn tartibda bo‘lib o‘tdi. U karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda ochiq maydonda o‘tkazildi. Universitetning 45 nafar alohida, har birining oraliq masofasi 2,5-3 metr tashkil etuvchi stol va stullar joylashtirildi. Eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter bilan to‘liq jihozlandi. Antiseptik vositalar, qo‘lqoplar, niqoblar bilan ta'minlandi. Imtihonga viloyat xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, milliy gvardiya vakillari jalb etildi. Barcha xarajatlar universiteti hisobidan amalga oshirildi.
“Test jarayoni meni hayajonga solmayapti. Chunki o‘zimni erkin his qilishim uchun menda bilim yetarli deb hisoblayman. Bu yerda yaratilgan sharoit ham juda ma'qul keldi. Karantin qoidalariga to‘liq amal qilingan. Bizga mana shunday sharoitlarni yaratib berishgani uchun katta rahmat. Men albatta test imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, talaba bo‘laman”, - deydi universitetga hujjat topshirgan abituriyent Kim Kseniya.
Darhaqiqat, test imtihonlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayonlari asosida tashkil etildi. Adolat, shaffoflikni ta'minlash, karantin qoidalariga to‘liq amal qilish muhim vazifadir. Abituriyentning asosiy maqsadi esa o‘zi tanlagan maqsadiga erishish, orzularini ro‘yobga chiqarish. Yoshlarimiz ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Ularga faqat omad tilab qolamiz. Vataniga sadoqatli, fidoyi inson bo‘lib yashash baxti nasib etsin.
Mavzuga oid

16:49 / 17.04.2023
“Korrupsiya – farovon hayot poydevori” nomli tanlov feyk ekani aytildi

20:13 / 26.12.2020
NamDU rektori yil yakuni bo‘yicha hisobot berdi. Universitetda tibbiyot yo‘nalishi ham ochilishi mumkin

07:33 / 17.09.2019
NamDUda Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi

19:35 / 13.06.2019