Yangi Zelandiyada masjidlarga hujum qilgan avstraliyalik ustidan sud jarayoni boshlandi

2019 yil 15 martda Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga hujum qilgan astraliyalik Brenton Xarrison Tarrant ustidan sud jarayoni boshlandi. The New Zealand Herald nashrining xabar berishicha, jarayon 4 kun davom etadi.
Terakt sodir etish va qotilliklarda ayblanayotgan Tarrantga jazo hukmi chiqariladigan sud jarayoni 24 avgust mahalliy vaqt bilan soat 10da Kraystcherchning oliy sudida boshlangan. 29 yoshli ayblanuvchi advokatlar xizmatidan voz kechgan va sudda o‘zini o‘zi himoya qiladi. Avvalroq u o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni to‘liq tan olgan.
Tarrant ustidan sud jarayoni koronavirus tarqalishi ortida kiritilgan cheklovlar sababli bir necha marta ko‘chirilgan. Biroq Yangi Zelandiyada avgustda karantin choralari yana kuchaytirilganiga qaramay, sud jarayonini boshqa surmaslikka qaror qilingan. Sud jarayonida terakt vaqtida jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning yaqinlari, jami 60 dan ko‘proq kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq sud o‘tadigan bino oldida politsiya nazorati o‘rnatilgan va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Binoga olib boruvchi yo‘llar harbiy politsiya tomonidan to‘silgan, binoga kirish-chiqish qat'iy nazoratga olingan.
Tarrant sodir etgan hujumlar oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi yaralangan. Terrorchining barcha qurbonlari musulmonlar, jumladan, bolalar, ayollar va keksalar bo‘lgan. Avstraliyalik hujum oldidan internetda e'lon qilgan manifestida boshqa davlatga aniq maqsad bilan – musulmonlarga qarshi yovuzlik sodir etish uchun kelganini ta'kidlab o‘tgan. 2020 yil mart oyida u aybini to‘liq tan olgan.
Mavzuga oid

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi

19:28 / 27.11.2024