Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Besh yil stajga ega xodimlarni OTMga qabul uchun ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi
Besh yil ish stajiga ega, OTMlarning sirtqi va kechki ta'lim shakllariga o‘qishga kirish niyatidagi fuqarolarni onlayn ro‘yxatga olish muddati 15 sentyabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bu – Davlat qabul komissiyasining 3-son majlisi bayoni bilan belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, kamida 5 yil ish stajiga ega ma'lum toifa fuqarolar respublika OTMlariga suhbat va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ular sirtqi va kechki ta'lim shakllarida o‘qish orqali oliy ma'lumotli bo‘lishi mumkin.
Joriy yilda 74ta tashkilot xodimlari bunday huquqqa ega. Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimiga tavsiyanoma berishi mumkin. Ular o‘qishga qabul qilingan xodimlarining kontrakt pulini to‘lab berishlari zarur.
Mavzuga oid

13:37 / 17.06.2025
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi

11:14 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

20:45 / 06.05.2025
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi

15:25 / 08.05.2024