Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim va Zagrebda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Foto: AFP
Italiya va Xorvatiya poytaxtlarida minglab kishilar hukumatning epidemiologik choralariga qarshi namoyishga chiqdi.
Rim markazida Italiya hukumatining koronavirus epidemiyasini jilovlash siyosatiga qarshi ko‘p ming kishilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar "sog‘liqni saqlash sohasida diktatura" o‘rnatilganini bildirdi va barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi.
Italiya OAVning xabariga ko‘ra, namoyishda taksi haydovchilari, mehmonxonalar egalari hamda o‘ng ekstremistik partiyalar vakillari qatnashgan.
Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo namoyishni tanqid qilib, mamlakatdagi minglab koronavirus qurbonlari haqida eslatdi.
"Men koronavirusni rad etayotganlarni vafot etganlarning oilalarini hurmat qilishga chaqiraman", - dedi u.
Zagrebdagi COVID-cheklovlarga qarshi namoyishda 3 mingga yaqin kishi qatnashdi. Ularning deyarli barchasi niqobsiz edi va masofaga rioya qilmadi, deb xabar berdi Index.hr portali.
Italiyada o‘tgan sutkada 1,7 mingta yangi holat aniqlandi, jami kasallanganlar soni 280 mingga yaqinlashdi. Infeksiyadan 35,5 ming kishi vafot etdi.
Xorvatiyada oxirgi 24 soat ichida 311 kishida kasallik aniqlanib, jami kasallanganlar soni 11 739taga yetdi, kasallikdan shu kungacha 197 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid

11:22 / 29.07.2025
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

20:50 / 16.07.2025
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi

23:21 / 12.07.2025