Toshkent – Nurota yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Ushbu yo‘nalish chipta narxi 60 000 so‘m etib belgilangan.

Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylashgan «Chashma» ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan Toshkent – Nurota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda qatnovlar joriy yilning 15 sentabr kunidan boshlanadi. Toshkent – Nurota yo‘nalishidagi avtobus soat 11:00da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30da Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 60 000 so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025