Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSSTda koronavirus tarqalishi va sovuq tushishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi ma'lum qilindi
JSST mutaxassislarining ta'kidlashicha, sovuq haroratlar koronavirus tarqalishi hamda uning og‘ir kechishi bilan bevosita bog‘liqlikka ega emas.

Foto: Getty Images
JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovichning ta'kidlashicha, sovuq tushishi koronavirusga chalinganlar sonining oshishiga bevosita ta'sir ko‘rsatmaydi.
“Sovuq haroratlar shunchaki organizmga ta'sir qiladi. Bunda organizmga tushgan har qanday virus unga oson kirib boradi. Biroq sovuq haroratlar bilan koronavirusga chalinish darajasi va kasallikning og‘ir kechishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q”, deb aytgan mutaxassis.
Vuynovichning ta'kidlashicha, xavf guruhiga yondosh kasalliklarga ega kattalar hamda qon bosimi bilan muammolarga va ortiqcha vaznga ega yoshlar kiradi. Ularda koronavirus og‘ir shaklda kechishi mumkin.
JSST vakili qishda xonalarni shamollatib turish zarurligini, chunki bu vaqtda odamlar binolar ichida ko‘proq vaqt bo‘lishini aytgan.
“Men konditsionerlarga qarshiman, chunki ular xonadagi aynan bir havoning o‘zini aylantiradi. Shu sababli imkoni bor joylarda oynalarni ochish zarur. Sovuq paytda bu noqulay bo‘lishini bilamiz, biroq xonalarni shamollatish muhimdir”, deb tavsiya bergan Vuynovich.
Mavzuga oid

07:44 / 06.01.2024
O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilmayapti

12:33 / 13.12.2023
Sog‘liqni saqlash vaziri shifoxonalarning sovuq kunlarga tayyorligini tekshirdi

13:45 / 10.12.2023
Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

09:46 / 09.12.2023