Mahalla vazirligining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati takomillashtiriladi - Hukumat qarori loyihasi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va ko‘rib chiqish orqali fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatni takomillashtirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi va Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash bo‘limi negizida 5 nafar shtat birligidan iborat vazirlikning Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi hamda boshqarma tarkibida aholi muammolarini masofadan tezkor qabul qilish va ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtirib boruvchi Call-markaz tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishda murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimini tashkil qilish;
murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda aniqlangan muammolarning hal etilishini nazorat qilish;
kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan “mahallabay” tizimli monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tizimida murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish va samarali tashkil qilish bo‘yicha tashkilot va idoralar bilan hamkorlik o‘rnatish.
Belgilab qo‘yilishicha, Call-markaz 2 nafar smena boshlig‘ini qo‘shib hisoblaganda 12 nafar operatordan iborat bo‘lib, xodimlar mehnatiga haq to‘lash, shuningdek, bino va inshootlarni joriy ta'mirlash, jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) Vazirlik huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlik bilan birgalikda uch oy muddatda Call-markazni fuqarolar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish, murojaatlarini qabul qilish va axborot taqdim etish uchun mo‘ljallangan respublika (hudud) doirasida yagona qisqa raqam bo‘yicha hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan “tezkor aloqa”ning telefon raqamlari hamda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash va barcha hududlarda belgilangan tartibda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.
Mavzuga oid

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi

17:55 / 28.08.2024