Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi narxi avtomobil bahosiga teng televizorini sotuvga chiqarmoqda
Mi TV Lux Ultra beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlay oladi. Televizorning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lib, u Android tizimida ishlaydi.

Foto: Xiaomi
Xiaomi o‘zining Mi TV Lux Ultra deb nomlangan smart-televizorini namoyish etdi. Bu haqda Fonearena xabar bermoqda.
Televizor 82 dyuymli ekranga ega bo‘lib, displey o‘lchami 7680 x 4320 pikselni tashkil etadi. Ekran miniLED texnologiyasi asosida ishlangan.
Mi TV Lux Ultra ko‘plab simli va simsiz interfeyslarga ega. Bundan tashqari, u beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlay oladi. Televizorning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lib, u Android tizimida ishlaydi.
Uning Xitoy bozoridagi narxi 50 ming yuan (7300 dollarga yaqin). Televizor 21 oktyabrdan sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid

15:53 / 27.06.2025
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi

14:55 / 24.06.2025
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi

16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda

11:28 / 10.11.2024