Dunyodagi eng yirik kitob yarmarkasida bu yil kitoblar namoyish etilmaydi
May oyi oxirlarida kitob yarmarkasining bosh direktori Yurgen Boos yarmarka har doimgidek shaklda o‘tkazilishini, tashrif buyuruvchilar uchun niqob taqish ixtiyoriy bo‘lishini aytgandi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgach, ko‘plab nashriyotlar yarmarkaga kelmasligini ma'lum qildi.

Foto: Reuters
Frankfurt xalqaro kitob yarmarkasining yetmish yildan ortiq tarixida ilk bor kitoblar namoyish etilmaydi. Yarmarka pavilonlari yopiq bo‘ladi, faqat nemis televideniyesining birinchi kanali studiyasi joylashadigan birgina pavilon bundan mustasno.
Bu yerda yozuvchilar ishtirokida taqdimotlar va teleintervyular tashkil etiladi. Ko‘rsatuvlar qat'iy gigiyena talablariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
Bunga sabab esa – Germaniya va Yevropadagi og‘ir epidemiologik vaziyat. May oyi oxirlarida kitob yarmarkasining bosh direktori Yurgen Boos yarmarka har doimgidek shaklda o‘tkazilishini, tashrif buyuruvchilar uchun niqob taqish ixtiyoriy bo‘lishini aytgandi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgach, ko‘plab nashriyotlar yarmarkaga kelmasligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, uch millionga yaqin kishi tashrif buyuradigan Frankfurt yarmarkasi hududida gigiyena talablariga og‘ishmay amal qilishning imkoni yo‘q.
Yarmarka 14-18 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu galgi kitob forumida kichik taqdimotlar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, turli anjumanlar o‘tkaziladi.
Yarmarka davomida 100ga yaqin tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirlar internet orqali namoyish etiladi.
Frankfurt xalqaro kitob yarmarkasida har yili yetti mingdan ortiq nashriyot, adabiyot agentliklari, media kompaniyalari, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi birlashmalar ishtirok etib keladi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

20:39 / 28.12.2024
Toshkentdan Ostonaga uchgan reys ortga qaytarildi

07:13 / 16.09.2022
Frankfurt – Toshkent reysi havo kemasidagi nosozlik tufayli bekor qilindi

07:42 / 16.03.2022
«Uzbekistan Airways» Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi reyslar sonini oshirdi

14:39 / 25.12.2020