Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 12 Pro’da antiqa funksiya paydo bo‘ldi
Apple’ning yangi iPhone 12 Pro smartfonida antiqa funksiya aniqlandi. Ta'kidlanishicha, yangi smartfon turli obektlar balandligini, jumladan odam bo‘yini o‘lchay oladi.

Foto: Apple
GizChina nashrining xabar berishicha, yangi funksiyadan foydalanish uchun “Ruletka” deb nomlangan dasturni ochib, smartfon kamerasini odamga u kadrga to‘liq joylashadigan qilib yo‘naltirish lozim.
Birozdan keyin smartfonda odamning bo‘yi ko‘rsatilgan chiziq paydo bo‘ladi. Kompaniyada yangi funksiya borligi tasdiqlangan va u turli obektlar, misol uchun, mebel jihozlari o‘lchamlari, devorlar balandligi va shu kabilarni o‘lchash uchun ishlab chiqilgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, ushbu funksiyaga lidar skaneri bilan jihozlangan yangi gadjetlargina ega. Ushbu texnologiya to‘ldirilgan reallik bilan birgalikda ishlaydi. U iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max va yangi iPad Pro planshetida qo‘llanadi.
Apple’ning yangi smartfonlari qatori 13 oktyabrda iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max modifikatsiyalarida taqdim etilgandi.
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025