Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tganlar soni to‘g‘risida ma'lumotnomani onlayn olish mumkin
Doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma'lumotnomani onlayn olish imkoni yaratildi.

«Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida ma'lumotnoma kerakmi yoki o‘sha biz bilgan 17-forma ma'lumotnomasini qanday olish kerak deysizmi? Bu endi juda oson», - deyiladi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabarida.
Ta'kidlanishicha, endilikda ichki ishlar bo‘limlariga borib, navbatda kutib oladigan ma'lumotnomani Yagona portal (my.gov.uz) orqali olish imkoniyati yaratildi.
Qayd etilishicha, Yagona portalda «Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma'lumotnoma» xizmatini tanlab, ma'lumotnomani onlayn tarzda olish mumkin.
Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.
Mavzuga oid

13:53 / 11.07.2025
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi

15:41 / 24.11.2023
Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

10:52 / 04.10.2022