Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘raqo‘rg‘on IESda avariyali o‘chish sodir bo‘ldi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan issiqlik elektrostansiyasi favqulodda holatda ikkita agregat o‘chishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi energotizimida 750 mVt quvvat yo‘qotildi.

Hodisa bugun, 20 noyabr kuni soat 15:45da sodir bo‘lgan. Bu haqda «Namangan HETK» AJ operativ dispetcherlik xizmati boshlig‘i Muhammadali Irisqulov ma'lum qilgan.
Irisqulovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston energotizimini Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiya bilan bog‘lovchi 500 kVAli 530-sonli tarmoq ham favqulodda o‘chgan.
Bu Namangan viloyatining elektr energiyasi ta'minotida jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki birgina Namangan viloyatining 27ta 100 kVAli elektr uzatish tarmoqlarida uzilish sodir bo‘lgan.
Ayni kunlarda respublika bo‘ylab aholi punktlarini elektr energiyasi tizimidan o‘chirish holatlari keskin ko‘paygan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, Turkmaniston orqali keluvchi ta'minotda hamda Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida ham uzilish bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

20:09 / 03.02.2025