Eronda mamlakat yadroviy dasturi mualliflaridan biri o‘ldirildi
Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi maskanida terrorchilar hujumi qurboni bo‘lgan. Qayd etilishicha, dastlab xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra olimning avtomobili o‘qqa tutilgan.

Foto: en.mehrnews.com
Tehron yaqinida Eron yadroviy dasturi mualliflaridan biri, yadrochi olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirildi. Bu haqda Press TV telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Tasnim News agentligining xabariga ko‘ra, Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi maskanida terrorchilar hujumi qurboni bo‘lgan. Qayd etilishicha, dastlab xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra olimning avtomobili o‘qqa tutilgan.
Hujum oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. Hayotdan ko‘z yumganlar Faxrizodaning qarindoshlari bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eron Mudofaa vazirligi olimning o‘limi haqidagi xabarni tasdiqladi, deb yozmoqda IRNA agentligi.
Faxrizodaga nisbatan bir necha yil avval suiqasd uyushtirilgan, ammo u omon qolgandi.
Mavzuga oid

15:38
O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirdi

11:31
Isroil Eronga «ogohlantiruvchi zarba» berganini ma’lum qildi. AQSh amaliyotda ishtirok etmaganini bildirdi

10:42
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan

09:55