Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihon olish IIVdan xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon olish Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda.

Foto: KUN.UZ
Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tgan.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.
«Bu jarayon 2021 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda. Umid qilamizki, bu haydovchilik mas'uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», – deb yozadi Kusherbayev.
Mavzuga oid

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025