Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassis koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylangani sababini ma'lum qildi

Foto: Chiang Ying-ying / AP
Germaniyalik virusolog Aleksandr Kekule ZDF telekanali efirida Xitoyda vujudga kelgan koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylanishining asl sababini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, koronavirusning Yevropa va butun dunyoga tarqalishi boshlangan Italiyada yangi infeksiyaning xavfi jiddiy qabul qilinmagan.
Mutaxassisning aytishicha, ayni vaqtda insoniyat koronavirusning Italiyadagi shtammiga to‘qnash kelmoqda. Ushbu shtamm Uhandagi shtammdan ustunlik qilib, Italiya shimolida virusning S-oqsilidagi mutatsiya sababli vujudga kelgan va bu uni yuqumliroqqa aylantirgan. Kekulening ta'kidlashicha, butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning 99 foizidan ko‘pida aynan ushbu shtamm aniqlanmoqda.
Mutaxassisning fikricha, bunday vaziyatga Yevropa davlatlari hukumatlari va jamoatchiligi xavfni jiddiy qabul qilmagani va olimlarning virusning xavfli ekani haqidagi ogohlantirishlariga bepisandlik qilgani olib kelgan. Natijada koronavirus Italiya bo‘ylab tarqalgan, mutatsiya qilgan va inson organizmiga moslashib olgan.
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

20:50 / 16.07.2025
2026 yilgi Qishki Olimpiada medallari taqdim etildi

23:21 / 12.07.2025
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi

20:03 / 08.07.2025