Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari Efiopiyadagi qatliomga aloqadorlikda ayblandi

Foto: Reuters
Amerikalik iqtisodchi Devid Steynman Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus ustidan Xalqaro jinoiy sudga arz qildi. The Times nashrining xabar berishicha, Steynman JSST rahbarini Efiopiyada 2013-2016 yillarda sodir etilgan qatliomga aloqadorlikda ayblamoqda.
Gebreyyesus JSSTga 2017 yil rahbar etib tayinlangan. Bungacha u 2005-2012 yillarda Efiopiya sog‘liqni saqlash vaziri, so‘ngra 2016 yilgacha Efiopiya tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan va mamlakatning xavfsizlik kuchlarini nazorat qilgan 3 yuqori mansabdor shaxsdan biri bo‘lgan.
Devid Steynman esa AQSh Milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi hamda 27 yil davomida Efiopiya demokratik harakatining yetakchi xorijiy maslahatchisi bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, Gebreyyesus Efiopiya tashqi ishlar vazirligida ishlaganda mamlakatning xavfsizlik kuchlari harakatlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish uning zimmasida bo‘lgan. Bu harakatlar esa “qotilliklar, asossiz hibsga olishlar va efiopiyaliklarni azoblashni” o‘z ichiga olgan.
Steynmanning ta'kidlashicha, Gebreyyesus “muxolifat nomzodlari va tarafdorlarini qo‘rqitish”ga aloqador. Bundan tashqari, JSSTning amaldagi rahbari “amxara, konso, oromo va somali elatlarini to‘liq yoki qisman yo‘q qilish maqsadida ushbu elatlar vakillarini o‘ldirish, ularga og‘ir tan jarohatlari yetkazish”ni nazorat qilgan. Steynmanning aytishicha, Gebreyyesus Efiopiya tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qilgan yillarda mamlakatdagi tuzum “uning qo‘l ostidagilar tomonidan insoniylikka qarshi sodir etilgan katta ko‘lamli va tizimli jinoyatlar” bilan ta'riflangan.
Bu orada joriy noyabrda Efiopiya armiyasi shtab boshlig‘i general Berxanu Jula JSST rahbarini noyabrda qurolli mojaro avj olgan Tigray viloyatiga qurol yetkazishga urinishda ayblagan va uni o‘z lavozimidan ketishga chaqirgan. O‘shanda Gebreyyesus ayblovlarni rad etgan va “bu ixtilofda hech kimning tomonida emasligini” aytgan. “Bu yolg‘on va shuni aytmoqchimanki, men tinchlik tomonidaman”, deb aytgan JSST rahbari.
Mavzuga oid

16:52 / 01.01.2025
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi

20:30 / 01.09.2024
Misr Efiopiya qurayotgan to‘g‘on bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi

20:22 / 24.08.2022
Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi

18:46 / 14.01.2022