Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqning barcha mamlakatlariga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berildi
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenning ma'lum qilishicha, 27 dekabrda butun Yevroittifoq bo‘yicha vaksinatsiya boshlanadi.

Foto: AFP/Getty Images
Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlari koronavirusga qarshi vaksina oldi, deb ma'lum qildi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.
"Bugun og‘ir yil sahifasini o‘giramiz. Koronavirusga qarshi vaksina YeIning barcha mamlakatlariga yetkazib berildi. Ertaga butun Yevroittifoq bo‘yicha vaksinatsiya boshlanadi", - deb yozdi u tvitterda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, YeIning barcha mamlakatlari vaksinaga bir vaqtda ega bo‘lgan.
Fon der Lyayyen shu bilan birga, yevropaliklarni ehtiyotkorlikka va o‘zlarini himoya qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlash 14 dekabrda boshlangan.
Mavzuga oid

10:03
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin

09:51
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi

15:16 / 15.07.2025
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi

09:39 / 15.07.2025