Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO va Yevroittifoq rahbarlari Vashingtondagi voqealarga izoh berishdi
«Demokratik saylovlar natijalarini hurmat qilish zarur», - deyiladi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonotida.

Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va boshqa siyosatchilar Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirishgani bo‘yicha bayonotlari bilan chiqishdi.
«Vashingtonda shokka soladigan voqealar. Demokratik saylovlar natijalarini hurmat qilish zarur», — deyiladi Stoltenbergning bayonotida.
«AQSh kongressi —demokratiya ibodatxonasi. Vashingtondagi voqealar odamni shokka tushiradi. AQSh hokimiyat Jo Baydenga tinch yo‘l bilan o‘tishini ta'minlashiga ishonamiz», — deb yozdi Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel o‘z tvitterida.
«AQSh institutlari va demokratiyasi kuchiga ishonaman. Jozef Bayden saylovda g‘alaba qozondi», — deyiladi Ursula fon der Lyayyenning tvitterdagi izohida.
6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQSh kongressiga bostirib kirishdi. Keyinroq kuch ishlatish tuzilmalari namoyishchilarni kongress binosidan siqib chiqarishdi.
Tartibsizliklar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:29
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

14:07 / 12.07.2025